Aksiya haqida
Sardoba suv ombori to'g'onining buzilishi bilan bog'liq texnogen falokat ko'plab oilalarga ta'sir ko'rsatdi. O'n minglab odamlar uylaridan va mol-mulklaridan mahrum bo'ldilar va hanuzgacha ko'pchiligining qaytib boradigan joyi yo'q. Ushbu og'ir kunlarda yurtdoshlarimiz sardobalikarga misli ko'rilmagan yordam ko'rsatib, fojia oldida birdamlikning yorqin namunasini ko'rsatmoqdalar. Ushbu mudhish voqea ko'plab tadbirkorlarni mintaqani qayta tiklash jarayonida ishtirok etishga undadi. Xususan, bir nechta kompaniya tashabbus ko'rsatib, Sirdaryo bolalarini qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shishga qaror qildi. Ma'lumki, viloyat infratuzilmasi jiddiy zarar ko'rdi: xususan, bir nechta bolalar bog'chasi va maktablarga katta zarar yetgan. "SARDOBA BOLALARIGA" aksiyasi doirasida homiylik mablag'lari yordamida barcha zarur uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan ko'chma bolalar bog'chasi quriladi. Yozning o'rtalariga kelib, u 100 ga yaqin bolani qabul qilishga tayyor bo'ladi.

«Bu hududlardagi odamlarning hayotini nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki uni yanada yaxshilash kerak. Ularga yangi uy-joylar, ijtimoiy ob'ektlar barpo etib, yangi ish o'rinlari yaratib berishimiz shart, deb hisoblayman».

Shavkat Mirziyoyev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Video
Bolalar bog'chasining 3D ko'rinishi